Jahon | 07:10 / 24.07.2015
3129
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Iordaniyaga “IShID” bilan kurashish uchun 16ta vertolyot beradi

Isroil Iordaniyaga Suriya va Iroq bilan chegaralarida “IShID” terrorchilik guruhi jangarilari bilan kurash olib borish uchun 16ta Cobra vertolyoti sovg‘a qiladi, deb xabar bermoqda Haaretz nashri.

Shaxsini ma'lum qilishni istamagan amaldorning aytishicha, AQShda ishlab chiqarilgan vertolyotlarning Iordaniya harbiy-havo kuchlariga berilishi Vashington tomonidan o‘tgan yiliyoq ma'qullangan edi. Amaldorning ta'kidlashicha, gap vertolyotlarning bepul foydalanish uchun topshirilishi haqida ketmoqda.

Manba beriladigan texnikaning aniq sonini aytmagan, biroq “16 taga yaqin vertolyot berilishi” reajalashtirilayotgani hamda ulardan ba'zilari ehtiyot qismlarga ishlatilishi mumkinligini aytgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish