Jahon | 21:23 / 24.07.2015
4134
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri Dohada Lavrov bilan Eron va Suriya masalalarini muhokama qiladi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Eron va Suriyadagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishini ma'lum qildi. Bu haqda “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Kerri Nyu-Yorkda Xalqaro munosabatlar bo‘yicha Kengashdagi nutqi davomida tomonlar uchrashuvi yaqin orada Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tishini aytib o‘tdi.

Kerri uchrashuv qachon bo‘lishi haqida aniq ma'lumot bermadi, biroq u o‘sha nutqida Dohaga “10 kundan keyin” ketishini ta'kidlab o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish