Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik 5 nafar bokschi Germaniyadagi xalqaro turnir finaliga chiqdi
Germaniyaning Galle shahridagi "Maritim Hotel" sport majmuasida davom etayotgan boks bo‘yicha 42 xalqaro an'anaviy "kimyogarlar kubogi" turnirida yarim final janglari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur janglardan keyin o‘zbekistonlik 5 nafar bokschi oltin medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Ikki nafar bokschimiz Isroil Madrimov va Rustam To‘laganov esa ushbu bosqichda o‘z yurishlarini to‘xtatishdi va bronza medallar bilan taqdirlanishdi. Bu haqda O‘zbekiston Boks federatsiyasi axborot xizmati xabar tarqatdi.
O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ishtirokidagi yarim final janglari
-49 kg. Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Devid Jagodzinski (Polsha) - 3 : 0
-52 kg. Abrorjon Qodirov (O‘zbekiston) - Roni Biblik (Germaniya) - 2 : 1
-56 kg. Murodjon Axmadaliyev (O‘zbekiston) - Omar Yel-Xag (Germaniya) - 2 : 1
-60 kg. Burgut Hojiboyev (O‘zbekiston) - Dayemin Baye (Koreya) - 3 : 0
-69 kg. Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Bamba Tunshibat (Mo‘g‘uliston)
-91 kg. Rustam To‘laganov (O‘zbekiston) - Dmitro Lisovi (Ukraina) - 1 : 2
+91 kg. Baxodir Jalolov (O‘zbekiston) - Xvapoyeng Song (Koreya) - Texnik nokaut.
Turnirning final janglari 24 iyul kuniga belgilangan.