Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik tadbirkorlar toshkentlik talabalarning robotlariga qiziqish bildirmoqda
Robotni qanday qilib rang ajratishga o‘rgatish mumkin? Robotning bu “mahoratidan” qayerda foydalanish mumkin? Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari Firdavs Ne'matzodov va Sanjar Zolilov o‘z ishlarida shu savollarga javob topdilar.
Robototexnikaga qiziqish va ixtiro qilishga intilish bu talabalarni O‘zbekistondagi muhandislik yo‘nalishidagi eng yirik oliy ta'lim muassasalaridan biriga olib keldi. Yigitlar universitetdagi Mexatronika markazida o‘zlarining ilk robotlarini yaratishdi. Ular yaratgan robot dunyodagi eng mashhur boshqotirma – Kubik rubikni yig‘ishga mo‘ljallangan. Robot bu masalani hal qilishi uchun yigitlar uni ranglarni ajrata olishga o‘rgatuvchi kompyuter dasturini yozishlariga to‘g‘ri keldi. Yigitlar buning uddasidan chiqqanlaridan keyin bu malakalar qaysi sohalarda foydali bo‘lishi ustida bosh qotira boshladilar. Bunga javob tezda topildi. Aniqlanishicha, qayta ishlovchi korxonalarda avtomatik saralovchi mashinalarga oq rangni qizil yoki ko‘kdan, yoki boshqa rangdan ajratish uquvi yetishmas ekan.
Talaba yigitlar o‘zlarining ilmiy faoliyatlaridan ikkinchi robot ustida ish boshlashdi. Yangi robotni Kubik rubikni yig‘ish uchun yozilgan dasturga moslashtirilib va uni xomashyoni qabul qilish va taqsimlash uchun zarur mexanizmlar bilan jihozlab, talabalar yangi robot modelini yig‘ishdi. Talabalarning ushbu ixtirosi VIII Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida tadbirkorlar va sanoatchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.