Jahon | 06:48 / 24.07.2015
1941
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukrainada 4G aloqa tarmog‘ining kiritilishi bo‘yicha farmonni imzoladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat hududida 4G aloqa tarmog‘ini yoyishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” nashri xabar bermoqda.

Poroshenko ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Dmitriy Shimkivning aytishicha, chastotalarni taqdim qilish bo‘yicha tender 3G tarmoqlaridagi kabi amalga oshiriladi. Ayni paytda tarmoqni yoyish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan radiochastotalar monitoringi olib borilmoqda.

4G tarmoqni ishga tushirishga tayyorlashda 8 ta operator ishtirok etishga tayyor. Bugungi kunda harbiylar va televideniye tomonidan ishlatiladigan 4-5 ta 4G chastotalar diapazoni mavjud.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish