Jamiyat | 22:21 / 24.07.2015
4499
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyada 89 yoshli erkak 60-yillardagi jinoyati uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Ruminiya sudi 89 yoshli Aleksandr Vishineskuni genotsid amalga oshirish ayblovi bilan 20 yilga ozodlikdan mahrum etdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Ruminiyada bunday ishlar 1989 yilda mamlakatning sobiq prezidenti Nikolaye Chausheskuning qatl etilishidan buyon ko‘rilmagan edi.

1956-1963 yillar davomida Vishinesku ishlagan Rimniku-Serat qamoqxonasida o‘nlab siyosiy mahbuslar vafot etgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, sobiq qamoqxona xodimi Vishinesku mahbuslarni urar, ochlik bilan tinkasini quritar, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga yo‘l bermasdi. Uning bu xarakatlari oqibatida kamida 12 mahbus halok bo‘lgan.

Vishineskuning o‘zi faqatgina buyruqni bajarganini aytmoqda.

1947 yildan Ruminiya elitasining yarim millionga yaqin vakili Rimniku-Serat qamoqxonasining mahbusiga aylangan. Siyosiy mahbuslar qamoqxonada chidab bo‘lmas sharoitlar, dori-darmonlar yo‘qligi va qiynoqlar amalga oshirilishi ustidan shikoyat qilganlar. Qamoqxona 1963 yilda yopib yuborilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish