12:29 / 24.07.2015
6334

Tojikistonda “IShID” tarafdorlari tomonidan tayyorlangan bir qator teraktlar oldi olindi

Tojikiston huquq-tartibot muassasalari mamlakat hududida “IShID” terrorchilik tashkiloti tarafdorlari tomonidan tayyorlanayotgan bir qator teraktlar oldini olishdi. Mahalliy OAVlar tomonidan 24 iyulda tarqatilgan axborot Tojikiston Ichki ishlar vazirligida TASS axborot agentligi muxbiriga tasdiqlandi.

“Qo‘lga olinganlar Suriyada IShID safida jang qilayotgan hamyurtlari bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bog‘lanishgani va uzoq vaqt davomida ulardan internet orqali guruhning maqsadlari haqida so‘zlovchi videomateriallar hamda turli yo‘riqnomalar olib turishganini tan olishdi”, deb aytdi agentlik suhbatdoshi. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, ayni paytda huquq-tartibot muassasalari yana uch nafar ehtimoliy terrorchining iziga chiqqanlar.

Tojikiston davlat televideniyesining ma'lum qilishicha, maxsus operatsiya davomida Tojikiston IIV tezkor boshqarmasi xodimlari “IShID”ning ikki nafar a'zosini qo‘lga olganlar. Qo‘lga olinganlar Tojikistonning to‘rtta viloyatida kuchishlatar tuzilmalar binolari oldida va gavjum joylarda bir qator teraktlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, huquq-tartibot muassasalari xodimlari terrorchilarga qarashli qo‘lbola bombalar tayyorlash uchun xomashyo hamda ekstremistik adabiyotlar saqlanuvchi bir nechta yashirin joylarni yo‘q qilishgan.

Top