O‘zbekiston | 19:31 / 24.07.2015
2134
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Tokio ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Joriy yilning 24 iyul kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi janob Satoru Takaxashi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv maqsadi – 2015 yilning 14-15 mart kunlari Yaponiyaning Senday shahrida o‘tkazilgan BMTning ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha uchinchi umumjahon konferensiyasida vazirlik vakillari uchrashuvi natijalarini hamda ushbu konferensiya yakuniga ko‘ra qabul qilingan 2015-2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday dasturini muhokama qilish.

Ushbu Dastur avval amalga oshirilgan Xiogo dasturining davomi hisoblanadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha ikkitomonlama hamkorlikning istiqboldagi yo‘nalishlari ham muhokama qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish