Jamiyat | 18:39 / 24.07.2015
3667
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kommunal xizmatlardan 7 mln so‘m qarz bo‘lgan xonadonlar borligi aytildi

“Toshkent oqshomi” gazetasida “Ziyrak bobo shahar kezadi” rukni ostida chop etilgan maqolada Toshkentning ayrim hududlarida ayrim fuqarolar kommunal xizmatlar to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamay yurishgani tanqid ostiga olindi.
“Joriy yilning iyun holatiga ko‘ra katta hajmdagi qarzdorligi mavjud iste'molchilarning borligi ma'lum bo‘ldi. Hatto ayrimlarning qarzi 1 mln dan tortib 7 mln so‘mgacha borarkan”, – deyiladi materialda.
Ayniqsa hovli joylardagi mahallarda qarzdorlarning ko‘pligi aytilmoqda. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Uzumzor, Darxon, Salar, Oltintepa, Yashnobod tumanidagi Guliston, Go‘zal, Mashhadiy, Yunusobod tumanidagi Guliston, Firdavsiy, G‘ayratiy, Olmazor tumanidagi Ahil, Moyariq, Beshqo‘rg‘on, Achaobod, Shayxontohur tumanidagi Ipakchi, Labzak mahallalaridagi iste'molchilarning kattagina qarzlari borligi aniqlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish