Jahon | 19:05 / 24.07.2015
4388
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya sharqidagi mehmonxonada portlash yuz berishi oqibatida 3 kishi jarohatlandi

24 iyul kunining ikkinchi yarmida Turkiya sharqidagi Elazig shahridagi mehmonxonada portlash yuz berdi. Bu haqda Sabah gazetasi xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, bu portlash mehmonxona binosining oltinchi qavatida ro‘y bergan. Ayni vaqtda hodisa tufayli jarohat olgan 3 kishi shifoxonaga yetkazilgan.

Taxmin qilinishicha, portlash sababi gaz siqib chiqishi hisoblanadi.

Shuningdek, portlash yuz bergan xonada olov yoqish uchun mo‘ljallangan suyuqliklar solingan shisha idishlar topilgani haqida ham ma'lumot mavjud.

Qayd etish joizki, Elazig shahri 20 iyul kuni 30 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt sodir etilgan Suruch shahridan shimolroqda joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish