Jahon | 16:39 / 24.07.2015
2697
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada boshlangan aksilterror operatsiya davomida 251 kishi hibsga olindi

24 iyul kuni Turkiya hukumati mamlakat bo‘ylab "IShID" a'zolari va isyonchi kurdlarni aniqlash hamda qo‘lga olish maqsadida keng ko‘lamli aksilterror operatsiya boshlagani haqida xabar berilgandi.

Bu tadbir mamlakatning 13 viloyatida olib borilmoqda va jarayonda 5 ming nafardan ortiq huquq-tartibot organlari hamda maxsus xizmatlarning xodimlari ishtirok etmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terrorchi tashkilotlarga aloqadorligi gumon qilinib, hibsga olinganlar soni 251 kishini tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23 iyul kuni Kilas viloyatida Suriya hududidan otilgan o‘q tufayli turk askari halok bo‘ldi.
Bunga javoban Turkiya hukumati 24 iyul kuni "IShID"ning Suriyadagi bazalariga yerdan va havodan zarba berishni boshladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish