Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aaron Remsi: «Barselona»dan qiziqish bo‘lgani haqidagi xabarlar men uchun yoqimli
"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remsi "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Albatta bunday xabarlar juda yoqimli bo‘ladi. "Barselona" o‘tgan mavsumda juda katta g‘alabalarga erishdi va mening nomimni bu jamoa bilan bog‘layotganlaridan faqat xursand bo‘laman.
Albatta men Ispaniya chempiionatida o‘zimni sinab ko‘rishni va mahalliy futbol bilan tanishishni istayman. Ammo ayni vaqtda "Arsenal" sharafini himoya qilmoqdaman va bu jamoa bilan muvaffaqiyatga erisha olishimni sezib turibman", - deydi futbolchi.
Ma'lumot uchun, ushbu uelslik 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda APLning 29 o‘yinida "Arsenal" libosida maydonga tushgan hamda 6ta gol urib, 6ta golli uzatmani amalga oshirgan.