Jamiyat | 00:35 / 25.07.2015
4328
2 daqiqa o‘qiladi

Anjyelina Joli Kambojadagi genotsid haqida film suratga olmoqda

Aktrisa va rejissyor Anjyelina Joli kambojalik yozuvchi va faol Lung Ungning “Ular avval mening otamni o‘ldirishdi: Kamboja qizining xotiralari” deb nomlangan memuarlari bo‘yicha film suratga olmoqda. Bu haqda Variety gashri xabar berdi.

Netflix kompaniyasi tomonidan suratga olinadigan filmning ssenariysini Joli va Ungning o‘zlari yozdilar. Aktrisa rejissyorlik qilishdan tashqari, filmga prodyuserlik ham qiladi. Kartinaning ikkinchi prodyuseri kambojalik rejissyor Riti Pan bo‘ladi. Ran 1978-1978 yillardagi ommaviy qirg‘inlarga bag‘ishlangan “Yo‘qolib qolgan tasvir” deb nomlangan filmi uchun “Oskar”ga nomzodi qo‘yilgan va Kann kinofestivalida “O‘zgacha nazar” dasturi doirasida bosh mukofot bilan taqdirlangan.

Jolining Kambojada dunyoga kelgan o‘g‘li Meddoks filmni suratga olish ishlariga jalb qilinadi. Film 2016 yilning oxirida ekranlarga chiqarilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, film mualliflari filmni xalqaro kinofestivallardan birida namoyish qilishga umid bildirmoqdalar.

Lung Ung 1975 yilda Kamboja hukumati tepasiga qizil kxmerlar kelganida 5 yoshda bo‘lgan. Kxmerlar hukmronlik qilgan keyingi 4 yil ichida 3,3 mln dan ko‘proq kambojalik halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Ungning oilasi Pnompendan chiqarilib yuborilgan. Ung ota-onasi halok bo‘lgandan keyin uning olti nafar aka-singillari mehnat lagerlariga jo‘natilganlar, uning o‘zi esa yetimlar uchun lagerda askar qiz sifatida tayyorlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish