Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Turkiyadagi aviabazalardan "IShID"ga qarshi kurashda foydalanish uchun ruxsat oldi
Turkiya hukumati AQSh va xalqaro koalitsiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyotlarning "IShID"ga havo zarbalari uyushtirishda o‘z aviabazalaridan foydalanishi uchun ruxsat berdi. Bu haqda Assosheyted Press nashri xabar bergan.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilinishicha, turk samolyotlari ham koalitsiyaning harbiy harakatlarida ishtirok etishni boshlaydi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti bilan o‘tkazilgan telefon muloqoti chog‘ida Injirlik hududidagi aviabazalar "IShID"ga qarshi birgalikda kurashish uchun foydalanishini ma'lum qilgan.
Ayni vaqtda Turkiya hududida aksilterror amaliyot doirasida "IShID" va boshqa terrorchi guruhlarga aloqdorlikda gumon qilinuvchilarni hibsga olish jarayoni davom etmoqda.