Jahon | 17:07 / 25.07.2015
3566
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi minglab dezertirlar uchun amnistiya e'lon qildi

Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi qochqinlar uchun umumiy amnistiya e'lon qildi. Bu haqda Reyter nashri xabar bergan.

Bu haqdagi qaror matni mamlakat televideniyesi orqali o‘qib eshittirilgan.

Qayd etish joizki, 2011 yilda Suriyada boshlangan harbiy mojarolar tufayli harbiy xizmat yoshidagi minglab yigitlar janglarda qatnashmaslik uchun uylarini va mamlakat hududini tark etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish