21:41 / 25.07.2015
4221

Buyuk Britaniya o‘z fuqarolarining Eronga borishiga cheklovlarni qisman bekor qildi

Buyuk Britaniya o‘z fuqarolarining Eronga borishiga cheklovlarni qisman bekor qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.

Buyuk Britaniya TIV bu bayonotni Eron va xalqaro vositachilar “oltiligi” Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha Venada kelishuvga erishganlaridan ikki haftadan kamroq vaqtdan keyin berdi.

“Safarlar bo‘yicha tavsiyalar yangi axborotlarni hisobga olib muntazam qayta ko‘rib turiladi. Bizning siyosatimizga muvofiq, biz tahdid xavfi juda katta bo‘lgan hududlarga bormaslikni tavsiya qilamiz. Bizning fikrimizcha, bu tavsiyalar Eronning ba'zi hududlari, shu jumladan Eronning Iroq, Pokiston va Afg‘oniston bilan chegaralari bo‘ylab joylashgan hududlarga nisbatan o‘z kuchida qolishi kerak. Biroq biz Eronning boshqa hududlarida britaniyaliklarga nisbatan tahdid darajasi Eron prezidenti Ruhoniyni mamlakatni boshqarayotgani tufayli ijobiy tomonga o‘zgardi, deb ayta olamiz”, deb aytmoqda Buyuk Britaniya TIV rahbari Filip Xammond.

Bu haftada Buyuk Britaniya TIV joriy yilning oxirigacha 4 yil avval yopib qo‘yilgan o‘zining Tehrondagi elchixonasi ishini qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani ma'lum qilingandi.

Top