Sport | 23:20 / 25.07.2015
3027
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada “botqoq” futboli bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi

Sankt-Peterburning G-Force futbol jamoasi “botqoq” futboli bo‘yicha Ayollar ligasida g‘olib bo‘ldi. Rossiyalik jamoa musobaqa finalida finlyandiyalik raqiblarini penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.

Erkak professionallar o‘rtasida Saint Petersburg Lakes jamoasi jahon chempioni bo‘ldi. Musobaqa Finlyandiyaning Xyuryunsalmi shahri yaqinida o‘tkazildi. Ulkan maydonda turli murakkablikdagi 22 ta botqoqsimon o‘yin maydonlari joylashtirildi. Dunyoning turli davlatlaridan 300 ta jamoa oltita ligada kuch sinashdi: miks-liga, havaskorlar (ayollar), professionallar (ayollar), havaskorlar (erkaklar), biznes-liga va professionallar (erkaklar). Aynan erkak professionallar ligasidagi o‘yinlar juda shiddatli va yuqori darajada o‘tdi.

Bu antiqa sport turi bo‘yicha rasmiy musobaqalar 1998 yildan beri Finlyandiyada o‘tkazilib kelinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish