23:17 / 25.07.2015
2198

Iroqda sodir bo‘lgan terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Iroqning Tuz-Xurmat shahrida sodir etilgan ikkita portlash oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, yana 45 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Terakt ikki nafar terrorchi-xudkush tomonidan amalga oshirilgan.

Hozircha hech qaysi bir guruh bu terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmadi, biroq buni “IShID” terrorchilik tashkiloti amalga oshirgani taxmin qilinmoqda.

Portlashlar odamlar gavjum bo‘lgan payt shahar hovuzi yonida sodir etildi. Shifokorlarning fikricha, ko‘pchilik yaralanganlarning ahvoli juda yomonligi sababli qurbonlar soni oshishi mumkin.

Top