Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyadagi mushak fabrikasida ro‘y bergan portlash tufayli 7 kishi halok bo‘ldi
Italiyada mushak ishlab chiqariluvchi fabrikalardan birida portlash sodir bo‘ldi. CNBC telekanali bergan ma'lumotlarga ko‘ra, portlash tufayli kamida 7 kishi halok bo‘lgan.
ANSA agentligi xabariga ko‘ra bu hodisa Italiyaning janubiy viloyati Apuliya hududida joylashgan Bari shahrida ro‘y bergan.
Ushbu hududda qutqaruvchilar, shifokorlar hamda o‘t o‘chiruvchilar ish olib borishmoqda.
Qay etilishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin. Hozircha o‘t o‘chiruvchilar ish boshlay olishmayapti.
Prokuror Juzeppe Volpening ma'lum qilishicha, olovni bartaraf etish uchun 1 kun vaqt talab qilinadi. Jarayonga 2ta vertolyot jalb etilgan.