11:51 / 25.07.2015
5653

Mehmonxonani restoranga aylantirgan kishi

Oshpazlikka bo‘lgan muhabbat bu kishini uyidagi bir xonani restoranga aylantirishga turtki bo‘ldi. Biroq shuni aytib o‘tish kerakki, u oshpazlikka maxsus o‘qimagan va uning gaz plitasi ham o‘ziga yarasha edi. Shunga qaramasdan ilgari dekorator bo‘lib ishlagan 43 yoshli Mett Uotson o‘zining qiziqishi tufayli haftada uch marta oshpazlik bilan shug‘ullanadi va orada o‘zi tayyorlagan yeguliklarni buyurtma asosida tarqatadi. To‘rt yil oldin ochilgan restoran “Mett Oshxonasi” deb ataladi va Buyuk Britaniyaning Somerset grafligida joylashgan. Yildan yilga Mettning restorandan kelayotgan daromadi ortib bormoqda.

Restoranda unga ofitsiant qiz va idish yuvuvchi yordamlashadi. Met bitta asosiy ovqat va gazaklar hamda desert tayyorlaydi. Masalan, asosiy ovqat sifatida yashil chilida cho‘chqa podbryushkasi, yogurt yoki yong‘oqlar bilan qo‘zichoq kuragi tortiladi. Restoranda to‘lov faqat naqt pul orqali qilinadi, spirtli ichimlikni bo‘lsa, o‘zingiz bilan olib borishingiz mumkin. Haftasiga Mett taxminan 70 ta mehmonga xizmat ko‘rsatadi.

Manba: Xabardor.uz internet nashri

Top