Sport | 19:38 / 25.07.2015
2349
1 daqiqa o‘qiladi

Meksesning goli "Inter"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida "Milan"ga g‘alaba keltirdi

Xitoyning Shenchjyen shahrida "Milan" va "Inter" jamoalari o‘rtasida "Milan derbi"si o‘tkazildi. International Champions Cup-2015 doirasidagi ushbu o‘yinning 62 daqiqasida "rossonerilar" himoyachisi Filipp Mekses tomonidan urilgan yagona gol uchrashuvning 1:0 hisobida yakunlanishini ta'minladi.

O‘yinning 85 daqiqasida "Milan" tayanch yarim himoyachisi Antonio Nocherino qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Qayd etish joizki, o‘yinda "Milan"ning yangi transferlari bo‘lmish Karlos Bakka hamda Luis Adriano ilk marta milanliklar uchun o‘yin o‘tkazishdi.

International Champions Cup 1-tur

“Milan” – “Inter” 1:0

Gol: Filipp Mekses, 62