Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston boks terma jamoasi 7ta medal bilan Germaniyadagi xalqaro turnirda birinchi bo‘ldi
Germaniyaning Galle shahridagi "Maritim Hotel" sport majmuasida boks bo‘yicha 42 xalqaro an'anaviy "kimyogarlar kubogi" turniri nihoyasiga yetdi.
Hal qiluvchi bellashuvlarning 49 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov mo‘g‘ulistonlik raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki oltin medalni taqdim etdi. Murosasiz kechgan bahsda Abrorjon Qodirov (-52 kg.) 2:1 hisobida fransuz Eli Konkini mag‘lub etgan bo‘lsa, eng og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov (+91 kg.) mezbonlar vakilini texnik nokautga uchratib, jamoaning uchinchi oltin medaliga egalik qildi.
Murodjon Ahmadaliyev va Burgut Hojiboyevga finalda biroz omad yetishmadi va ular turnirning kumush medallari bilan taqdirlanishdi.
-49 kg.: Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Ganxuag Gan-Yerden (Mo‘g‘uliston) -3 : 0.
-52 kg.: Abrorjon Qodirov (O‘zbekiston) - Eli Konki (Fransiya) - 2 : 1.
-56 kg.: Murodjon Ahmadaliyev (O‘zbekiston) - Sharaf Raman (Germaniya) - 1 : 2.
-60 kg.: Burgut Hojiboyev (O‘zbekiston) - Enriko Lakruz (Gollandiya) - 1 : 2
+91 kg.: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) - Maks Keller (Germaniya) - Texnik nokaut.
Shunday qilib, 3 oltin, 2 kumush va 2 bronza medal jamg‘argan vakillarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni band etdi. Germaniya va Mo‘g‘uliston termalari keyingi o‘rinlarda qolishdi.