21:23 / 25.07.2015
2551

Saudiya Arabistoni 27 iyulga o‘tar kechasi 5 kunga Yamandagi harbiy harakatlarni to‘xtatadi

Yamanda xusiychilarga qarshi kurash olib borayotgan “arab koalitsiyasiga” boshchilik qilayotgan Saudiya Arabistoni 27 iyulga o‘tar kechasi 5 kunga Yamandagi harbiy harakatlarni to‘xtatadi. Bu haqda harbiy blok qo‘mondonligi ma'lum qildi.

“Yaman prezidenti Mansur Hodiyning Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al-Saudga 2015 yil 24 iyuldagi murojaatiga muvofiq, 26 iyul mahalliy vaqt bilan 23:59 dan 5 kunga vaqtinchalik insonparvarlik tinchlik sulhi amal qiladi”, deyilmoqda qo‘mondonlik bergan xabarda.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Yamanning 80 foiz aholisi yoki 21 mln yamanlikka insonparvarlik yordami talab etilmoqda. Xalqaro ekspertlarning hisobicha, Yamanning 13 mln aholisi oziq-ovqat, yana 9,4 mln nafari toza ichimlik suviga muhtojlik sezmoqda.

Top