15:53 / 25.07.2015
5791

Toshkentda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan sport tibbiyoti markazi ochildi

Toshkentda sport tibbiyoti markazi o‘z faoliyatini boshladi. Respublika sport tibbiyoti markazi O‘zbekiston milliy Olimpiya qo‘mitasi binosida joylashgan.

Ushbu markaz Markaziy Osiyodagi yagona hisoblanadi. U zamonaviy tibbiyot, diagnostika, laboratoriya hamda reabilitatsion qurilmalar bilan jihozlangan.

Markaz O‘zbekiston milliy terma jamoa sportchilariga musobaqalarga tayyorlanish jarayonida tibbiy-biologik va tibbiy-psixologik ko‘mak beradi.

Shuningdek, Tibbiyot markazida milliy antidoping xizmati ham mavjud.

Suratlar: "Jahon" axborot agentligi

Top