20:59 / 25.07.2015
1946

Tunisda terrorchilikda ayblanganlarga nisbatan o‘lim jazosi tayinlash haqida qonun qabul qilindi

Tunis parlamenti barcha terrorchilikda ayblanganlarga o‘lim jazosi tayinlanishi haqida yangi qonunni bir ovozdan qabul qildi, deb xabar bermoqda Haaretz nashri.

Uch kun davom etgan debatlardan keyin ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Qonunning qabul qilinishiga parlamentning 174 nafar a'zosi ovoz berdi, 10 nafari betaraf qoldi.

Parlament spikeri Muhammad Nosirning aytishicha, bu qonunning qabul qilinishini mamlakatning terrorchilikka qarshi kurashida “tarixiy voqea” deb atash mumkin.

Top