Sport | 09:03 / 25.07.2015
1745
1 daqiqa o‘qiladi

Venger Shchesni "Roma"ga ijaraga berilayotganini tasdiqladi

"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger polshalik darvozabon Voysex Shchesnining "Roma"na o‘tishga yaqin turganini tasdiqladi.

Fransiyalik mutaxassis futbolchi ijaraga berilishini, u yana Londonga qaytarilishini aytib o‘tgan.

"Shchesni yaqin orada o‘tkaziladigan uchrashuvlarda ishtirok etmaydi, chunki "Roma"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Gap uning ijarasi haqida ketayapti. Biz muzokaralar olib boryapmiz, lekin hali kelishuvga erishganimiz yo‘q. Nima bo‘lgan taqdirda ham Shesnining kelajagi "Arsenal" bilan bog‘liq. Men uning imkoniyatlarini yaxshi baholayman", deydi Venger.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish