Jahon | 21:18 / 25.07.2015
2111
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda shaxtada falokat yuz berishi oqibatida 11 konchi yer tagida qolib ketdi

Xitoyning janubi-g‘arbida joylashgan Yunnan viloyatidagi qalay shaxtasida tog‘ jinslarining o‘pirilishi oqibatida 11 nafar konchi yer tagida qolib ketdi. Bu haqda Markaziy Xitoy televideniyesi ma'lum qildi.

Noxush voqea viloyatning g‘arbiy qismida joylashgan Dexun-Day-Kachin muxtor okrugida yuz berdi. Mahalliy mutassadilarning fikricha, tog‘ jinslari hududda ro‘y bergan jala oqibatida o‘pirilgan.

Voqea joyida 500 ga yaqin qutqaruvchi ishlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish