Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilgi Jahon chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi Moskvada 2017 yilda o‘tkaziladigan bo‘ldi
Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi Jahon chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi Moskvada 2017 yilning dekabrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda “Rossiya-2018” tashkiliy qo‘mitasining bosh direktori Aleksey Sorokin jurnalistlarga ma'lum qildi.
2018 yilgi Jahon chempionatining saralash bosqichiga qur'a tashlash 25 iyul kuni Sankt-Peterburgdagi Konstantinov saroyining saroy-bog‘ ansambli – Romanovlar oilasining sobiq qarorgohi hududida bo‘lib o‘tdi.
Sorokinning aytishicha, ushbu marosimda ishtirok etgan xorijiy mehmonlar shoudan ko‘ngillari to‘q bo‘ldi, ulardan ba'zilarining Rossiya haqidagi fikrlari yaxshi tomonga o‘zgardi.
Sorokinning ta'kidlashicha, FIFAning inspektsion tashrifi 2-15 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
“Inspektsion tashrifdan maqsad stadionlarni ko‘zdan kechirishdan iborat. Inspektsion tashrif doimo stadion atrofidagi hududga katta e'tibor qaratadi. Bunga zonalarga bo‘lish, yondash hududlarning rejalashtirilishi kiradi. Inspektsiya Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Sochiga aniq tashrif buyuradi. Yana qayerlargadir borishi mumkin. Hali qurilish borayotgan joylarga va stadionning aniq qiyofasi gavdalanmagan joylarga borishning foydasi yo‘q”, deb aytmoqda Sorokin.
Ma'lumot uchun, Jahon chempionati uchrashuvlari 14 iyundan 15 iyulgacha Rossiyaning 11 ta shahari: Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Saransk, Kaliningrad, Volgograd, Yekaterinburg, Samara, Sochi va Rostov-Dondagi 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.