08:28 / 26.07.2015
3815

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Skott Uoker: ittifoqchilar bizga ishonmaydi, dushmanlarimiz esa qo‘rqmaydi

AQSh ma'muriyati tomonidan Suriya va Iroqda o‘tkazilayotgan siyosat yaqin orada AQShning xavfsizligiga xavf solayotgan radikal terrorchilikning ko‘tarilishiga imkon berdi, deb hisoblamoqda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Skott Uoker. Bu haqda Uoker AQShning The National Interest nashriga ma'lum qildi.

“Yaqin orada AQSh xavfsizligiga rahna solayotgan eng katta tahdid radikal islom terrorchiligi hisoblanadi. Barak Obama o‘zining Suriya va Iroqdagi harakatsizligi bilan “IShID” ta'sirining oshishiga imkon berdi. O‘n minglab xorijiy jangarilar va jihodchilar u yerda jangovor tajribaga ega bo‘lmoqdalar va global terrorchilik tizimining bir qismiga aylanmoqdalar”, deb aytmoqda Uoker.

Uokerning fikricha, uzoq muddatli istiqbolda AQSh xavfsizligiga rahna solayotgan tahdidlar o‘zgacha tus olgan. “AQSh prezidenti Barak Obama va sobiq Davlat kotibi Hillari Klintonning Yevropa, Osiyo va ayniqsa Yaqin Sharqdagi siyosati uzoq muddatli istiqbolda AQSh xavfsizligiga rahna solayotgan tahdid – talab etilgan darajadagi yetakchilikning yo‘qligini yaqqol namoyish qildi. Shu tufayli bizning ittifoqchilarimiz bizga ishonmaydi, dushmanlarimiz esa qo‘rqmaydi”, deb ta'kidladi Uoker.

Top