Sport | 15:51 / 26.07.2015
2830
1 daqiqa o‘qiladi

Balotelli Italiya uchinchi divizioni klubining taklifini rad etdi

25 iyul kuni “Liverpul” hujumchisi Mario Balotelliga “Milan”dagi sobiq jamoadoshi va “Lupa Kastelli” klubining faxriy prezidenti Marko Ameliyadan rasmiy taklif kelib tushdi. Bu haqda Football Italia nashrida yozilgan.

Balotelli bu taklifga odob doirasida rad javobini bergan.

“Milan”dagi ikki yil davomida bizni o‘zaro hurmat va do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. O‘z klubingda to‘p surishga taklif qilganing uchun senga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men ushbu taklifni o‘zingga ma'lum bo‘lgan turli sabab va faktlar tufayli qabul qila olmayman. Rahmat senga. Senga muxlislik qilishda davom etaman”, - deydi Balotelli.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish