19:52 / 26.07.2015
2325

Britaniya parlamenti spikeri yordamchisi "kokain mojarosi" tufayli iste'foga chiqdi

Buyuk Britaniya parlamentining lordlar palatasi spikerining yordamchisi Jon Syuel iste'foga chiqdi. Bu voqea uning kokain moddasi qabul qilayotgani tasvirlangan surat va videolavhalar oshkor qilinganidan keyin yuz bergan "kokain mojarosi" doirasida kechdi.

Biroz oldinroq, shu mojaroga sabab bo‘lgan suratlar The Sun nashrida chop etilgandi. Suratlarda baronning fohishalar davrasida giyohvand modda qabul qilayotganini ko‘rish mumkin.

Bu mojarodan keyin parlament spikeri bo‘lmish baronessa D`Souza o‘z munosabatini bildirib o‘tgan.

U o‘z o‘rinbosarining bu harakatidan larzaga tushgani va politsiya bu holat bo‘yicha tekshiruv olib borishini ma'lum qilgan.
Qo‘shimcha qilishicha, Jon Syuel spiker yordamchiligi vazifasini tark etgan, lekin haliyam parlament a'zosi hisoblanadi.

Top