20:34 / 26.07.2015
3651

Donald Tramp Makkeynni Vetnamda asir tushgani uchun uyaltirish orqali obro‘sini oshirib oldi

Amerikalik milliarder Donald Tramp ayni vaqtda AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan respublikachilar orasida eng ko‘p tarafdorlarga ega bo‘lib turibdi.

ORC o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, saylovchilar orasida eng katta nufuzga ega respublikachi siyosatchilar orasida birinchi o‘rinda Donald Tramp, ikkinchi o‘rinda Skott Uoker, uchinchi o‘rinda esa Jyeb Bush qayd etilgan.

Biroz oldinroq, Tramp AQSh vitse-prezidenti Makkeyni Vetnamdagi urushda asir tushgani uchun izza qilgandi.
"U urush qahramoni emas. Uni vetnamliklarga asirlikka tushgani uchun yoqtirmayman. Menga asirlikka tushishga rozi bo‘lmaydigan kishilar ma'qul bo‘ladi", degandi o‘shanda Tramp.

Biroz o‘tib, unga bu gaplari uchun uzr so‘rashni tavsiya qilishgan, lekin u o‘z fikrida qolishini ma'lum qilgandi.

Shuningdek, Skott Uoker ham hozirgi hukumatni tanqid qilib, "Ittifoqchilar bizga ishonmaydi, dushmanlarimiz esa bizdan qo‘rqmaydi", deya chiqish qilganidan keyin nufuzini oshirib, Jyeb Bushdan o‘zib ketgan.

Top