Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 14:51 / 26.07.2015
9503
1 daqiqa o‘qiladi
Farg‘ona viloyatida maktab o‘quvchilari cho‘kayotgan ayolni qutqarib qolishdi
Farg‘ona viloyatida 2 nafar maktab o‘quvchisi cho‘kayotgan ayolni o‘limdan saqlab qolishdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi Only Uzbekistan guruhiga joylashtirilgan post orqali xabar berilgan.
"Bu bolalar o‘zlarini haqiqiy qahramonlardek tutishdi. Ular o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsada, inson hayotini saqlab qolishdi", deb yozadi xabar beruvchi va postda bolalarning suratlarini ham keltiradi.
Ushbu hodisa haqida batafsil ma'lumotlar berilmagan.