Sport | 08:18 / 26.07.2015
2743
2 daqiqa o‘qiladi

International Champions Cup-2015 turnirida "Chelsi" PSJni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi

25 iyul kuni AQSh maydonlarida davom etayotgan Xalqaro chempionlar kubogi (International Champions Cup-2015) turniri doirasida Angliyaning "Chelsi" jamoasi Fransiyaning "PSJ" jamoasi bilan uchrashdi.

Mavsumoldi tayyorgarlik yig‘ini doirasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi maqomida kechgan bu bahsning asosiy vaqti durang natija bilan yakunlandi. O‘yinning 25 daqiqasida Ibrohimovich urgan golga, 65 daqiqada Mozes javob qaytardi.

O‘yindan keyin belgilangan penaltilar seriyasida esa londonliklar 6:5 hisobida g‘alaba qozonishdi. "Chelsi" safida Kuadrado xato qilgan bo‘lsa, parijliklarning yosh hujumchisi Baebek va tajribali himoyachisi Tiago Silva zarba berishda adashdi. Londonliklarga g‘alaba keltirgan oxirgi zarbani esa darvozabon Tibo Kurtua amalga oshirdi.

Chelsi - PSJ 1:1 (6:5)
Gollar: Mozes (65) - Ibrohimovich (25)

«Chelsi»: Begovich (Kurtua, 46), Ivanovich, Keyxill (Zuma, 46), Terri, Aspilikueta, Obi Mikel (Ramires, 46), Matich (Villian, 70), Mozes (Oskar, 70), Fabregas (Remi, 70), Azar (Kuadrado, 74), Diyego Kosta (Falkao, 70).

«PSJ»: Trapp (Sirigu, 68), van der Vil (Sabali, 79), Ore (Tiago Silva, 64), David Luiz (Markinos, 46), Maksvell (Din, 79), Verratti (Rabo, 46), Stambuli (Tiago Motta, 46), Matyuidi (Nkunku, 79), Ogyusten (Kavani, 65), Ibrohimovich (Baebek, 79), Lukas Moura (Ongenda, 79).