23:46 / 26.07.2015
2193

Istominni mag‘lub etgan Per yakunda chempion bo‘ldi

Shvetsiyaning Bostad shahrida tennis bo‘yicha ATP tasnifidagi turnir Benua Perning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Fransiyalik raketka ustasi 1 soatu 33 daqiqa davom etgan hal qiluvchi final uchrashuvida ispaniyalik Tommi Robredoni 7:6(7), 6:3 hisobida taslim etdi.
Taqqoslash uchun, Benua ATP reytingida 62, Robredo esa 21-o‘rinni egallab turibdi. Aynan Per ushbu turnirning chorak finalida hamyurtimiz Denis Istominni 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Eng muhimi, Per aynan Bostaddagi faoliyatidagi ilk titulini qo‘lga kiritdi. Bir haftalik mehnati uchun fransiyalik tennischi 80 ming yevro mukofot jamg‘armasi hamda 250 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.

Manba: olamsport.com

Top