18:31 / 26.07.2015
3774

Joze Mourino: Ingliz jamoalari "Chelsi" yurgan yo‘ldan borishmoqda

“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya premer-ligasi bosh sovrini uchun so‘nggi yillarda kechayotgan kurash haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Klubga janob Abramovich kelgan vaqtda, “Chelsi” sovrinlarni sotib olardi. Endi ular (ya'ni “Chelsi”ning raqobatchilari “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”) sovrinlarni sotib olishmoqda. Shunday bo‘lishi tabiiy.

O‘z navbatida, biz ham raqiblar bilan teng kurash olib borishimiz uchun kuchli bo‘lishimiz va ulardagidek pulimiz sarflamasak ham ularni yengishga urinishimiz lozim”, – deydi portugaliyalik murabbiy.

Top