09:58 / 26.07.2015
2847

Lui van Gal: Nima uchun Di Mariya AQShga kelmagani sababini bilmayman

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal Xalqaro chempionlar kubogi musobaqasi doirasida «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda (3:1) Markos Roxo va Anxel Di Mariya ishtirok etmagani borasida qisqacha izoh berib o‘tdi.

«Eshitishimcha, Di Mariya hali AQShga uchib kelmagan. Boshqa hech narsa deya olmayman. Roxo ham samolyotda yo‘q edi. Di Mariya nima uchun biz bilan birga emasligini bilmayman», – deydi van Gal.

Goal.com nashri ma'lumotiga ko‘ra, Roxo pasport bilan bog‘liq muammolar tufayli aviareysga chiqa olmagan.

Top