Jahon | 22:35 / 26.07.2015
4750
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Keniya milliy raqsini ijro etdi

AQSh prezidenti Barak Obama Keniyaga rasmiy tashrifi chog‘ida Keniyada mashhur bo‘lgan Sauti Solaning qo‘shig‘iga Keniya milliy raqsini ijro etdi. Obama bilan raqsni Keniya prezidenti Uxuru Keniata va mamlakatning boshqa rasmiy shaxslari ham ijro etishdi.

Ushbu holat tasvirlangan video bir kunda bir necha o‘n minglab namoyish yig‘di, ba'zi nashrlar esa bu raqsni “yangi gangan stayl” deb atashmoqda.