Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pedro Yevropa Superkubogi uchun o‘yindan keyin "MYu"ga o‘tadi
"Barselona" jamoasining qanot hujumchisi Pedro Rodrigesning "Manchester Yunayted" safiga o‘tishi oydinlashmoqda.
El Pais nashrida ma'lum qilinishicha, 27 yoshli ispaniyalik ushbu futbolchi "Barselona" va "Sevilya" o‘rtasida 11 avgust kuni Tbilisi shahrida o‘tkaziladigan Yevropa Superkubogi o‘yinidan keyin "MYu" safiga borib qo‘shiladi.
Biroz oldinroq, inglizlar jamoasi ushbu futbolchi uchun 30 mln yevro taklif qilishgani haqida xabar berilgan edi.
Ma'lumot uchun, Pedro o‘tgan mavsumda 35ta o‘yinda asosan zaxiradan maydonga tushib, 6ta gol urgan hamda 6ta golli uzatma amalga oshirgan.