23:50 / 26.07.2015
6028

Qibrayda shifokorlardan ming dollar pora olgan tekshiruvchi qo‘lga olindi

Toshkent viloyat nazorat-taftish boshqarmasi bo‘limida nazorat taftishchi vazifasida ishlagan Dilmurod Ochilov qibraylik shifokorlardan pul tama qilgani bois hibsga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, u Qibray tuman Chingeldi qishloq vrachlik punktiga kelib, mudir Rayhon Nurullayevaga tekshirish davrida katta kamchiliklar chiqishini aytib, uni 40 mln so‘mgacha miqdorda jarima kutayotgani bilan qo‘rqitdi. Shundan so‘ng u bu kamchiliklarni “berkitish” uchun Nurullayevadan ming dollar pora so‘radi.
Lekin Nurullayeva tegishli idoraga murojaat qildi. U ming dollarni pora sifatida berayotgan paytda nazoratchi jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Top