23:04 / 26.07.2015
2718

XDP kommunal xizmatlar tariflarining iqtisodiy asoslanishi uchun aniq kriteriylar belgilab berishni talab qildi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi kommunal xizmatlar tariflarining iqtisodiy asoslanishi uchun aniq kriteriylar belgilab berishni talab qildi. Bu haqda Qonunchilik Palatasi deputati, partiya fraksiyasining a'zosi Akmal Umaraliyev partiyaning saylovoldi dasturiga tayangan holda parlamentning navbatdagi yig‘ilishidagi chiqishida bayonot berdi.
“Turarjoy va kommunal xizmatlar, xonadonlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha xizmatlari narxlarining ijtimoiy asoslarini ko‘tarish maqsadida kommunal xizmatlar tariflarining iqtisodiy asoslanishi uchun aniq kriteriylar belgilab berish zarurdir”, – ta'kidlab o‘tdi siyosatchi.
Uning fikricha, tabiiy monopoliyalar yetkazib beruvchi korxonalarning bu boradagi mas'uliyatini oshirish xalqqa ko‘rsatilgan xizmatlar sifatini yaxshilash uchun zamin hozirlaydi.

Top