Jamiyat | 22:53 / 26.07.2015
2169
1 daqiqa o‘qiladi

Yakkasaroyda yarim yil ichida 43 tadbirkorning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tadbirlar olib borildi

2015 yilning birinchi yarim yili davomida Yakkasaroy tuman prokuraturasi tomonidan 43ta holatda tadbirkorlarning huquq va manfaatlari buzilganligi aniqlandi. Bu haqda prokurorning katta yordamchisi Furqat Rasulov ma'lumot berdi.
Aytilishicha, ushbu holatlar yuzasidan bitta jinoiy ish qo‘zg‘atilib, 3 mansabdor shaxs ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Shu bilan birga, hisobot davrida prokuraturaning ishonch telefonlariga 21 tadbirkor murojaat qilib, ularning barchasining buzilgan huquqlari tiklandi.
Xuddi shu tadbirlar davomida 24ta korxona faoliyati qayta tiklandi, deb yozadi "Xuquq" gazetasi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish