Jahon | 18:57 / 27.07.2015
8464
1 daqiqa o‘qiladi

“IShID” jangarilari Ramadi va Al-Falujadan ayollar libosida qochmoqda

“IShID” terrorchilik tashkiloti jangarilari Iroq hukumat kuchlari katta miqyosdagi aksilterrorchilik operatsiyasini o‘tkazayotgan Iroqning Ramadi va Al-Faluja shaharlaridan o‘zlariga odat qilib olgan usullardan birida, ya'ni ayollar libosida ommaviy ravishda qochmoqda.

Iroq armiyasi maxsus kuchlari jangarilar egallab olgan Ramadi universitetini qaytarib olganlaridan keyin jangarilar Xut shahriga qarab qochishni boshlagan. Aynan universitet hududi terrorchilar tomonidan “IShID”ning Anbar viloyatidagi shtabi va Iroq qo‘shinlariga qarshi teraktlarni tayyorlash uchun asosiy baza sifatida foydalanilgan.

Islomda erkaklar ayollar libosini kiyishi gunoh hisoblanishiga qaramasdan, jangarilar ayollar libosida qochishni o‘zlariga odat qilib olganlar .

Kuni-kecha Suriya armiyasi va xalq qo‘zg‘olonchilari jangchilarining ommaviy ravishdagi hujumlaridan keyin “IShID” jangarilari Palmira atrofidagi hududlardan ommaviy ravishda qochayotganlari ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish