Sport | 15:51 / 27.07.2015
1954
1 daqiqa o‘qiladi

David Luis: "Di Mariya "PSJ"ni yangi bosqichga olib chiqadi"

“PSJ” klubi himoyachisi David Luis “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaning “parijliklar” safiga o‘tishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz Chempionlar ligasini yutmoqchimiz va albatta Di Mariya bizni yangi bosqichga olib chiqishga yordamlashadigan o‘yinchi. Di Mariya dunyodagi eng kuchli 3ta vingerlardan biri hisoblanadi. U tezkor, yuqori texnikaga ega, shuningdek, jamoa uchun o‘ynashdan tashqari o‘yin taqdirini yakka holda ham hal qilish imkoniga ega. U pas berishni ham, gol urishni ham eplaydi.

Ba'zan qaysidir jamoada omad kelmasligi mumkin, biroq u fantastik o‘yinchi bo‘lib qolaveradi. Men uni “Benfika”dagi o‘yinlaridan yaxshi taniyman. Menga yoqqani kabi unga ham fransuz ligasi albatta, ma'qul keladi”.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish