Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada maktab direktorligiga tayinlash uchun pora olgan maorif xodimi qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida maktab direktorligiga tayinlash uchun pora olgan maorif xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, tumandagi umumta'lim maktablardan birida vaqtinchalik rahbarlik qilib turgan o‘rinbosar I. Siddiqov bu lavozimni doimiy egallash maqsadida tuman xalq ta'limi muassasalarini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limiga murojaat qildi. Bo‘lim xodimi A. Mamanazarov bu ishni amalga oshirish uchun Siddiqovdan 300 dollar pora so‘radi. Siddiqov dastlab 200 dollar bera olishini aytdi, ammo oxir-oqibat 500 ming so‘m berdi. Bu pulni pisand qilmagan amaldor Siddiqovga yordam bermasligini aytdi.
Bundan jahli chiqqan Siddiqov tegishli idoraga murojaat qildi. Mamanazarov Siddiqovga olgan porasini qaytarayotgan paytda qo‘lga olindi.