19:34 / 27.07.2015
10672

"IShID" Iroqda yana 120 kishini qatl etdi

Iroqning Mosul shahrida "IShID" jangarilari kamida 120 kishini qatl etishdi. Shaharda yana 350 nafardan ortiq kishi hibsga olingan. Bu haqda shu hududdagi viloyatlardan birining gubernatori Asil an-Najafiyga asoslanib, DPA xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, asirlarni boshiga o‘q uzish orqali o‘ldirishgan. Ularning aksari bir necha oy davom etgan asirlikdan keyin o‘ldirilgan.

Gubernatorning ma'lum qilishicha, asirlikda bo‘lganlar sobiq politsiya ofitserlari, Iroq armiyasi harbiylari, saylov komissiyasi xodimlari va boshqa davlat xizmatchilari bo‘lishgan.

Top