Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika va AQSh Konfederatsiyalar kubogi-2017 yo‘llanmasi uchun kurashadi
Meksika terma jamoasi finalda Yamaykani mag‘lub etib (3:1), KONKAKAF kubogi-2015da g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa meksikaliklar KONKAKAF kubogi-2013da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan AQSh terma jamoasi bilan Konfederatsiyalar kubogi-2017 yo‘llanmasi uchun bahslashadi. Mazkur o‘yin shu yilning oktabr oyida o‘tkaziladi.
Hozirga kelib Konfederatsiyalar kubogining 4ta ishtirokchisi ma'lum. Bular: Rossiya — musobaqa mezboni, Germaniya – JCh-2014 g‘olibi, Avstraliya – Osiyo kubogi-2015 g‘olibi va Chili – Amerika kubogi-2015 g‘olibi.
Shuningdek, turnirda KONKAKAF vakilidan tashqari, Afrika kubogi-2017, Yevro-2016 va Okeaniya millatlar kubogi-2016 g‘oliblari ishtirok etishadi.
Eslatib o‘tamiz, Konfederatsiya kubogi-2017 2017 yilning 17 iyunidan 2 iyulga qadar Rossiyada o‘tkaziladi.