Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 19:44 / 27.07.2015
4175
1 daqiqa o‘qiladi
Muntari "Al-Ittihod"ga o‘tdi
Ganalik yarim himoyachi Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda L`Equipe nashri xabar berdi.
30 yoshli ushbu futbolchi jamoaga erkin agent maqomida kelgan va 2 yillik shartnoma imzolagan. Unga yiliga 5 mln yevrolik maosh tayinlangan.
Ma'lumot uchun, Muntari oxirgi 4 mavsumda Italiyaning "Milan" jamoasida harakat qildi. Oxirgi mavsumda u 16ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.