12:18 / 27.07.2015
2344

"MYu" vakili: "Real" De Xeani keyingi mavsumda tekinga olmoqchi

"Manchester Yunayted" rahbariyati "Real" David De Xeani transfer qilish borasidagi muzokaralarda sust harakat qilayotganidan norozilgini bildirib o‘tdi.

Ingliz jamoasi rahbariyati vakillaridan biri Marca nashriga bergan intervyusida "Real" 1 yildan keyin erkin agentga aylanadigan bu futbolchini tekinga qo‘lga kiritishni rejalashtirgani haqida aytib o‘tgan.

"Real" nega De Xea uchun biz so‘ragan pulni to‘lashga rozi bo‘lmayotganini tushunmayapman. Agar ularga bu futbolchi rostdan ham kerak bo‘lsa, unda so‘ralgan mablag‘ni to‘lashsin. Lekin ular sukut saqlashmoqda.
Biz De Xeaning "Real" safiga o‘tish maqsadini to‘g‘ri tushunamiz. Biz uni to‘xtatmoqchi emasmiz, lekin muammo pulga kelib taqaladi.
Tezroq kelishuvga erishsak, yaxshi bo‘lardi", deydi "MYu" vakili.

Ma'lumot uchun, "MYu" De Xea uchun "Real"dan 40 mln yevro yoki himoyachi Serxio Ramosni berishini so‘ragan.

Bugun "MYu" argentinalik yosh darvozabon Serxio Romeroni "Sampdoriya"dan transfer qilgani va u bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Top