09:46 / 27.07.2015
3366

Piter Chex "Arsenal"da 2ta kubok yutishga ulgurdi

Emirates cup musobaqasining ikkinchi kunida musobaqa mezboni “Arsenal” klubi “Volsfurg” bilan uchrashuv o‘tkazdi. Teo Ulkott ikkinchi bo‘lim boshida kiritgan yagona to‘p “to‘pchilar”ga g‘alaba keltirdi.

Yana bir uchrashuvda musobaqa birinchi kunida g‘alabaga erishgan “Vilyarreal” bu safar “Lion”ni ham mag‘lub etishni uddaladi. 

Ayni damda musobaqaning o‘ziga xos ochko hisoblash tizimgiga ko‘ra, "Arsenal"da 2ta o‘yindan keyin 13 ochko jamg‘ardi va birinchi o‘rinni egalladi. (2ta g‘alaba uchun 6 ochko va har bir gol uchun bittadan ochko). Birinchi turda jamoa "Lion"ni 6:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Ikkinchi o‘rindagi "Vilyarreal"da esa 10 ochko bor (2ta g‘alaba uchun 6 ochko va "Volfsburg" va "Lion" jamoalari darvozalariga kiritilgan 4ta to‘p uchun 4 ochko).

Qayd etish joizki, biroz oldinroq Singapurda o‘tkazilgan o‘rtoqlik maqomidagi turnirda ham "Arsenal" g‘alaba qozongandi. Jamoaga yangi qo‘shilgan Piter Chex Osiyodagi turnir va Emirates cup finalida maydonga tushib, 2 o‘yindagi ishtiroki uchun 2ta kubokka ega bo‘ldi.

Emirates cup.

ARSeNAL – VOLFSBURG 1:0 (0:0)
Gol:
 1:0 – Teo Uolkott 50.

VILYaRReAL – LION ( 2:0 (1:0)
Gollar:
 1:0 – Soriano 31, 2:0 – Baptistao 54.

Top